logo
Temir yo'lvokzallari
Intro
Фон главной
Фон главной
Фон главной
Фон главной
Фон главной
Фон главной
Фон главной

TEMIR YO'L
VOKZALLARI

​​​​​​​Yo‘lovchilar uchun qulay xizmatlar, zamonaviy infratuzilma va sifatli servisni birlashtirgan ishonchli transport maskanlari

Shimoliy vokzal — Toshkentning yuragi

Shimoliy vokzal (Toshkent-Markaziy) — mamlakatning eng muhim temir yo‘l darvozalari.

20+

Har kuni marshrutlar

10k+

Kuniga yo‘lovchilar

Xavfsizlik

Zamonaviy tekshiruv tizamlari va sutkaning istalgan vaqtida video nazorat.

Bepul Wi-Fi

Vokzal hududida aloqada qoling.

Qulay muhit

Liftlar, panduslar va harakatlanishi cheklangan fuqarolar uchun yordam.

Food-kort

Har zayqa uchun kafe va restoranlar.

So‘nggi yangiliklar va voqealar

Barcha nashrlar
O‘ZBEK TILIM — MILLATIM FAXRI!  🗓 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!
Voqea

O‘ZBEK TILIM — MILLATIM FAXRI! 🗓 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

Til — millatning ma’naviy boyligi, xalqning o‘zligi va tarixini aks ettiruvchi bebaho qadriyatdir. Ona tilimiz asrlar davomida xalqimizning urf-odatlari, madaniyati va ma’naviy merosini avloddan avlodga yetkazib kelmoqda.
1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Bu tarixiy voqea milliy o‘zligimizni anglash, ona tilimizning nufuzini oshirish va uni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Bugun o‘zbek tilini asrab-avaylash, uning boy imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish, sofligini saqlash va kelajak avlodga yetkazish har birimizning burchimizdir.
 

Samarqand temir yo‘l vokzalida yangi mehmonxona ish faoliyatini boshladi
Voqea

Samarqand temir yo‘l vokzalida yangi mehmonxona ish faoliyatini boshladi

Yo‘lovchilarga yaratilayotgan qulayliklarni yanada oshirish maqsadida Samarqand temir yo‘l vokzalida “Bog‘don” mehmonxonasi o‘z faoliyatini boshladi.

Mehmonxona vokzal hududida joylashgani sababli uzoq yo‘ldan kelgan yoki poyezdni kutayotgan yo‘lovchilar uchun qulay va amaliy xizmatlardan biriga aylanadi.

🛏 “Bog‘don” mehmonxonasi bir vaqtning o‘zida 100 ga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Bu esa Samarqand vokzalida yo‘lovchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Mehmonxonadan poyezdlar qatnovi orasidagi vaqtni qulay o‘tkazish, qisqa muddatli dam olish yoki Samarqand shahriga tashrif buyurgan yo‘lovchilar foydalanishlari mumkin.

Voqea

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan ko‘p yillar davomida temir yo‘l sohasida fidokorona mehnat qilib, boy bilim va tajribasini yosh mutaxassislarga yetkazib kelayotgan ustoz temiryo‘lchilar samimiy muborakbod etildi.

✅ Tadbir davomida ustozlarning temir yo‘l sohasi rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, kasbga sadoqati, ko‘p yillik samarali mehnati hamda yosh kadrlarni tarbiyalash, ularning kasbiy mahoratini oshirishdagi xizmatlari alohida e’tirof etildi.

Ta’kidlanganidek, tajribali ustozlarning hayotiy va kasbiy saboqlari yosh temiryo‘lchilar uchun muhim maktab bo‘lib, sohada avlodlar davomiyligini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etadi.

Ustoz temiryo‘lchilarga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, uzoq umr, xotirjamlik hamda kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.

Bayram munosabati bilan barcha ustoz va murabbiylarga yuksak hurmat va ehtirom bildirildi.