railway logo
O’zbekiston Temir Yo’llari
News Background

Kompaniya yangiliklari

Temir yo‘l vokzallari faoliyatiga oid so‘nggi yangiliklar, rasmiy xabarlar, loyihalar va vokzallarda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida tezkor ma’lumotlar O‘zbekiston temir yo‘llarining muhim voqealari, rasmiy bayonotlari va o‘zgarishlari — real vaqt rejimida.

O‘ZBEK TILIM — MILLATIM FAXRI!  🗓 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!
Voqea

O‘ZBEK TILIM — MILLATIM FAXRI! 🗓 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

Til — millatning ma’naviy boyligi, xalqning o‘zligi va tarixini aks ettiruvchi bebaho qadriyatdir. Ona tilimiz asrlar davomida xalqimizning urf-odatlari, madaniyati va ma’naviy merosini avloddan avlodga yetkazib kelmoqda.
1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Bu tarixiy voqea milliy o‘zligimizni anglash, ona tilimizning nufuzini oshirish va uni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Bugun o‘zbek tilini asrab-avaylash, uning boy imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish, sofligini saqlash va kelajak avlodga yetkazish har birimizning burchimizdir.
 

Samarqand temir yo‘l vokzalida yangi mehmonxona ish faoliyatini boshladi Samarqand temir yo‘l vokzalida yangi mehmonxona ish faoliyatini boshladi Samarqand temir yo‘l vokzalida yangi mehmonxona ish faoliyatini boshladi Samarqand temir yo‘l vokzalida yangi mehmonxona ish faoliyatini boshladi Samarqand temir yo‘l vokzalida yangi mehmonxona ish faoliyatini boshladi Samarqand temir yo‘l vokzalida yangi mehmonxona ish faoliyatini boshladi Samarqand temir yo‘l vokzalida yangi mehmonxona ish faoliyatini boshladi
Voqea

Samarqand temir yo‘l vokzalida yangi mehmonxona ish faoliyatini boshladi

Yo‘lovchilarga yaratilayotgan qulayliklarni yanada oshirish maqsadida Samarqand temir yo‘l vokzalida “Bog‘don” mehmonxonasi o‘z faoliyatini boshladi.

Mehmonxona vokzal hududida joylashgani sababli uzoq yo‘ldan kelgan yoki poyezdni kutayotgan yo‘lovchilar uchun qulay va amaliy xizmatlardan biriga aylanadi.

🛏 “Bog‘don” mehmonxonasi bir vaqtning o‘zida 100 ga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Bu esa Samarqand vokzalida yo‘lovchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Mehmonxonadan poyezdlar qatnovi orasidagi vaqtni qulay o‘tkazish, qisqa muddatli dam olish yoki Samarqand shahriga tashrif buyurgan yo‘lovchilar foydalanishlari mumkin.

Voqea

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan ko‘p yillar davomida temir yo‘l sohasida fidokorona mehnat qilib, boy bilim va tajribasini yosh mutaxassislarga yetkazib kelayotgan ustoz temiryo‘lchilar samimiy muborakbod etildi.

✅ Tadbir davomida ustozlarning temir yo‘l sohasi rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, kasbga sadoqati, ko‘p yillik samarali mehnati hamda yosh kadrlarni tarbiyalash, ularning kasbiy mahoratini oshirishdagi xizmatlari alohida e’tirof etildi.

Ta’kidlanganidek, tajribali ustozlarning hayotiy va kasbiy saboqlari yosh temiryo‘lchilar uchun muhim maktab bo‘lib, sohada avlodlar davomiyligini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etadi.

Ustoz temiryo‘lchilarga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, uzoq umr, xotirjamlik hamda kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.

Bayram munosabati bilan barcha ustoz va murabbiylarga yuksak hurmat va ehtirom bildirildi.

Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Voqea

Hurmatli ustoz va murabbiylar!

Sizlarni 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Yosh avlodga bilim va tarbiya berish, ularni ezgu maqsadlar sari yo‘naltirishdek sharafli va mas’uliyatli mehnatingiz uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Mehnatingiz samarasi, shogirdlaringiz yutuqlari doimo qalbingizga faxr va quvonch bag‘ishlasin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustoz va murabbiylar!

NAVOIY TEMIR YO‘L VOKZALIDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI NAVOIY TEMIR YO‘L VOKZALIDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI NAVOIY TEMIR YO‘L VOKZALIDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI NAVOIY TEMIR YO‘L VOKZALIDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
Voqea

NAVOIY TEMIR YO‘L VOKZALIDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari E. Rizayev boshchiligida, Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali rahbari ishtirokida Navoiy temir yo‘l vokzalidagi rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida qurilish-montaj ishlarining borishi va sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda yo‘lovchilar uchun yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar muhokama qilindi.

Mas’ullarga ishlarni texnik talablarga muvofiq, sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Bosh maqsad — yo‘lovchilar uchun zamonaviy va qulay sharoit yaratish.

🚉 Toshkent-Shimoliy temir yo‘l vokzalida CIP zali o‘z faoliyatini boshladi! 🚉 Toshkent-Shimoliy temir yo‘l vokzalida CIP zali o‘z faoliyatini boshladi! 🚉 Toshkent-Shimoliy temir yo‘l vokzalida CIP zali o‘z faoliyatini boshladi! 🚉 Toshkent-Shimoliy temir yo‘l vokzalida CIP zali o‘z faoliyatini boshladi! 🚉 Toshkent-Shimoliy temir yo‘l vokzalida CIP zali o‘z faoliyatini boshladi! 🚉 Toshkent-Shimoliy temir yo‘l vokzalida CIP zali o‘z faoliyatini boshladi! 🚉 Toshkent-Shimoliy temir yo‘l vokzalida CIP zali o‘z faoliyatini boshladi! 🚉 Toshkent-Shimoliy temir yo‘l vokzalida CIP zali o‘z faoliyatini boshladi! 🚉 Toshkent-Shimoliy temir yo‘l vokzalida CIP zali o‘z faoliyatini boshladi! 🚉 Toshkent-Shimoliy temir yo‘l vokzalida CIP zali o‘z faoliyatini boshladi!
Voqea

🚉 Toshkent-Shimoliy temir yo‘l vokzalida CIP zali o‘z faoliyatini boshladi!

Yo‘lovchilarga yanada qulay va yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish maqsadida Toshkent-Shimoliy temir yo‘l vokzalida CIP (Commercially Important Person) zali faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

CIP zalida yo‘lovchilar uchun qulay kutish sharoitlari, xizmat ko‘rsatishning alohida tartibi hamda safar oldidan vaqtni mazmunli va qulay o‘tkazish imkoniyatlari yaratilgan.

🎫 Endilikda yo‘lovchilar vokzalda safar oldidan yanada qulay va osoyishta muhitdan foydalanishlari mumkin.