🚄 "Afrosiyob" endi Guliston vokzalida ham to'xtaydi!
14-iyuldan boshlab "Afrosiyob" yuqori tezlikdagi poyezdi Guliston vokzalida ham to'xtaydi. Endilikda Sirdaryo viloyati aholisi va mehmonlari Guliston vokzalidan Toshkent hamda Samarqand yo'nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezd xizmatlaridan yanada qulay foydalanishlari mumkin.
🕗 Guliston vokzalidagi harakat vaqtlari:
➡️ Samarqand yo'nalishi — 08:50
⬅️ Toshkent yo'nalishi — 19:18
🎫 Chiptalarni temir yo'lning rasmiy savdo platformalari va temir yo'l kassalari orqali xarid qilishingiz mumkin.