railway logo
O’zbekiston Temir Yo’llari
News Background

Kompaniya yangiliklari

Temir yo‘l vokzallari faoliyatiga oid so‘nggi yangiliklar, rasmiy xabarlar, loyihalar va vokzallarda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida tezkor ma’lumotlar O‘zbekiston temir yo‘llarining muhim voqealari, rasmiy bayonotlari va o‘zgarishlari — real vaqt rejimida.

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni

Vatan tinchligi va xalq osoyishtaligi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha mard va jasur o‘g‘lonlarni bugungi ulug‘ ayyom bilan chin qalbdan tabriklaymiz.
Sizning matonatingiz, sadoqatingiz va vatanparvarligingiz — xalqimiz faxri, kelajagimiz kafolatidir.

Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, sharafli xizmatda ulkan yutuqlar tilaymiz.
Vatanimiz osmoni doimo musaffo, yurtimiz tinch bo‘lsin!

Vatan himoyasi — sharafli burch!

🚉 TOSHKENT JANUBIY TEMIR YO‘L VOKZALI — OLDIN VA HOZIR

🚉 TOSHKENT JANUBIY TEMIR YO‘L VOKZALI — OLDIN VA HOZIR

Oldin
Janubiy vokzal sodda ko‘rinishga ega, qulayliklari cheklangan, asosan yo‘lovchilarni kutish va jo‘natish vazifasini bajargan transport nuqtasi edi.

⚡️ Hozir
Bugun vokzal zamonaviy arxitektura, keng va yorug‘ zallar, elektron chipta tizimi hamda qulay xizmatlar bilan to‘liq yangicha qiyofa kasb etdi. U endi nafaqat yo‘l boshlanishi, balki shahar mehmonlari uchun muhim taassurot manbai hisoblanadi.


🚆 Janubiy vokzal o‘zgarishi — shahar infratuzilmasi rivojining yaqqol namunasidir.

🚉 BILASIZMI? | BUXORO TEMIR YO‘L VOKZALI
Fakt

🚉 BILASIZMI? | BUXORO TEMIR YO‘L VOKZALI

Buxoro temir yo‘l vokzali 1888-yildan beri uzluksiz faoliyat yuritib kelmoqda.
Bu vokzal O‘zbekiston hududidagi eng qadimiy temir yo‘l bekatlaridan biri hisoblanadi.

🕰 XIX asr oxirida barpo etilgan vokzal:

Buxoroni boshqa mintaqalar bilan bog‘lagan

Savdo, sayohat va iqtisodiy rivojlanishga katta turtki bergan

Bugungi kungacha tarix va zamonaviylikni uyg‘unlashtirib kelmoqda


📌 Fakt: 130 yildan ortiq vaqt davomida Buxoro vokzali millionlab yo‘lovchilarga xizmat qilgan.

Har bir vokzal — alohida manzil

Har bir vokzal — alohida manzil

Respublika bo‘ylab joylashgan temir yo‘l vokzallari —
zamonaviy qulaylik, yuqori xavfsizlik va uzluksiz harakat uyg‘unligi.

O‘zbekiston temir yo‘llari — yo‘lda ham ishonch, manzilda ham xotirjamlik.

Juma – milliy liboslar kuni!

Juma – milliy liboslar kuni!

Har bir milliy kiyim — xalqimizning tarixiy madaniyati, an'analari va san’atidan darak beruvchi bebaho merosdir. Ushbu tashabbus xalqimizning boy qadriyatlarini yana bir bor yodga olish, milliy o‘zligimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Samarqand vokzali: kecha va bugun

Samarqand vokzali: kecha va bugun

1888-yilda Samarqandda temir yo‘l stansiyasining ochilishi shahar tarixida muhim bosqich bo‘ldi. O‘sha davrda vokzal shahar tashqarisida joylashgan bo‘lib, temir yo‘l Turkistonni tashqi dunyo bilan bog‘lovchi asosiy kommunikatsiya vositasiga aylandi.

Bugungi kunda Samarqand vokzali zamonaviy infratuzilma va yuqori tezlikdagi poyezdlar bilan mamlakat transport tizimining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Vaqt o‘tishi bilan vokzal va uning atrofidagi hudud tubdan yangilandi.