railway logo
O’zbekiston Temir Yo’llari
News Background

Kompaniya yangiliklari

Temir yo‘l vokzallari faoliyatiga oid so‘nggi yangiliklar, rasmiy xabarlar, loyihalar va vokzallarda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida tezkor ma’lumotlar O‘zbekiston temir yo‘llarining muhim voqealari, rasmiy bayonotlari va o‘zgarishlari — real vaqt rejimida.

Ijarachilar faoliyati o'rganildi

Ijarachilar faoliyati o'rganildi

Kuni kecha “Temir yo‘l vokzallari” MCHJ mas’ul xodimlari tomonidan Buxoro temir yo'l vokzalida faoliyat yuritayotgan ijarachi tadbirkorlarning savdo va xizmat ko‘rsatish hududlari o‘rganildi. Jarayon davomida ajratilgan maydonlar o‘lchab ko‘rilib, faoliyatni belgilangan talablar asosida tashkil etish yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, vokzal hududining umumiy holati ko‘zdan kechirilib, tartib va xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bugun — buyuk shoir, sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

Bugun — buyuk shoir, sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijon shahrida tavallud topgan. Amir Temur avlodi bo‘lgan Bobur yoshligidanoq o‘zining jasorati, qat’iyati va yuksak tafakkuri bilan tarix sahnasida munosib o‘rin egalladi.

U asos solgan Boburiylar saltanati uzoq yillar davomida yirik va qudratli davlat sifatida tarixda muhim ahamiyat kasb etdi. Bobur nafaqat mohir sarkarda va davlat arbobi, balki ulug‘ shoir va mutafakkir sifatida ham boy ma’naviy meros qoldirdi.

Bugun buyuk bobokalonimiz tavalludining 543 yilligi yurtimiz bo‘ylab munosib ehtirom bilan nishonlanmoqda.

Juma — milliy liboslar kuni

Juma — milliy liboslar kuni

“Temir yo‘l vokzallari” MCHJ tizimidagi vokzallarda har juma kuni milliy liboslar kuni sifatida nishonlanmoqda. Ushbu tashabbus milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ularni keng targ‘ib qilish hamda ish muhitida milliy ruhni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Vokzal xodimlari milliy liboslarda faoliyat olib borib, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bilan birga, milliy an’analarimiz va boy madaniyatimizga hurmat ifodasini namoyon etmoqda.

Yoshlar bilan uchrashuv

Yoshlar bilan uchrashuv

“Temir yo‘l vokzallari” MChJ tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda direktorning marketing va servis xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari F. Nazarov ishtirok etib, yoshlarning taklif, tashabbus va murojaatlarini tingladi hamda ularni amaliy jihatdan o‘rganib chiqdi.

Angren temir yo‘l vokzalida ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda

Angren temir yo‘l vokzalida ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda

Angren temir yo‘l vokzali hududida “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

Vokzal atrofi obodonlashtirilib, ko‘plab daraxt va buta ko‘chatlari o‘tqazilmoqda. Bu ishlar hududni yanada chiroyli va yashil qilishga xizmat qiladi.

Yashil hudud — toza havo va chiroyli muhit demak.

Toshkent-Janubiy temir yo‘l vokzalida ham yashil hududlar kengaymoqda

Toshkent-Janubiy temir yo‘l vokzalida ham yashil hududlar kengaymoqda

Kuni kecha “Toshkent-Janubiy” temir yo‘l vokzali atrofida ko‘chat ekish va hududni obodonlashtirish ishlari olib borildi. Loyiha doirasida turli xil manzarali daraxtlar ekilib, mavjud maydonlar tartibga keltirildi.

Amalga oshirilayotgan ishlar vokzal hududini yanada shinam va ko‘rkam ko‘rinishga keltirishga xizmat qiladi. Yangi ekilgan ko‘chatlar esa kelajakda soya-salqin va musaffo muhit yaratadi.