railway logo
O’zbekiston Temir Yo’llari
News Background

Kompaniya yangiliklari

Temir yo‘l vokzallari faoliyatiga oid so‘nggi yangiliklar, rasmiy xabarlar, loyihalar va vokzallarda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida tezkor ma’lumotlar O‘zbekiston temir yo‘llarining muhim voqealari, rasmiy bayonotlari va o‘zgarishlari — real vaqt rejimida.

“Yashil makon” doirasida Qarshi va Shahrisabz vokzallari yanada obod bo‘lmoqda

“Yashil makon” doirasida Qarshi va Shahrisabz vokzallari yanada obod bo‘lmoqda

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Qarshi hamda Shahrisabz temir yo‘l vokzallari hududlarida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Amalga oshirilayotgan tadbirlar doirasida manzarali daraxt va butalar ekilib, hududlar tartibga keltirilmoqda, mavjud yashil maydonlar yangilanmoqda. Bu ishlar vokzallar atrofi yanada ko‘rkam va qulay maskanga aylanishiga xizmat qiladi.

Hurmatli aziz ayollar!  8-mart — Xotin-qizlar kuni munosabati bilan sizlarni chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz.

Hurmatli aziz ayollar! 8-mart — Xotin-qizlar kuni munosabati bilan sizlarni chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz.

Jamiyatimizda ayollarning o‘rni beqiyos. Sizlar o‘z mehr-muhabbatingiz, sabr-toqatingiz va fidokorona mehnatingiz bilan nafaqat oilangizda, balki jamiyatimiz taraqqiyotida ham muhim o‘rin tutasiz. Har bir sohada erishilayotgan yutuqlarda sizlarning hissangiz katta.

Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, cheksiz quvonch va ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Har bir kuningiz bahordek go‘zal, qalbingiz doimo quvonchga to‘la bo‘lsin.

Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin!

Umumxalq xayriya hashari o'tkazildi

Umumxalq xayriya hashari o'tkazildi

“Yurt obodligi – avvalo mahalladan boshlanadi!” shiori ostida “Temir yoʻl vokzallari” MChJ tasarrufidagi vokzallarda umumxalq xayriya hashari oʻtkazildi.

Hashar davomida vokzal hududlari va unga tutash joylarda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Xususan, hududlar tozalanib, ko‘cha va yo‘laklar tartibga keltirildi, daraxtlarga oqlash va butalash ishlari bajarildi.

Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom ettirilib, hududlarni yanada obod va ko‘rkam qilishga alohida e’tibor qaratildi.

Buxoro temir yo‘l vokzalida kutish joylari kengaytirildi

Buxoro temir yo‘l vokzalida kutish joylari kengaytirildi

Buxoro temir yo‘l vokzalida yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar izchil yaxshilanmoqda.
Avval vokzalda bir vaqtning o‘zida o‘rtacha 800 nafar yo‘lovchini kutish joylari mavjud edi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida qo‘shimcha 208 ta o‘rin tashkil etilib, umumiy ko‘rsatkich 1008 taga yetkazildi.

🚆 Yangilangan kutish hududlari: — yoz oylarida salqin va qulay muhit
— qish mavsumida iliq va shinam sharoit
— keng va tartibli joylashuv orqali gavjumlikning kamayishi

Mazkur o‘zgarishlar yo‘lovchilarga yanada qulay va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi.

Toshkent-Janubiy temir yo‘l vokzalida tashkil etilgan press-tur doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun yangi xizmat infratuzilmasi taqdim etildi.
Voqea

Toshkent-Janubiy temir yo‘l vokzalida tashkil etilgan press-tur doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun yangi xizmat infratuzilmasi taqdim etildi.

Tadbir davomida jurnalistlar yaratilgan sharoitlar, xizmat sifati va qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.
Press-tur davomida vokzal hududida “Qo‘noq Hotels” tarmog‘ining zamonaviy mehmonxonasi ish boshlagani ta’kidlandi. Mehmonxona bir vaqtning o‘zida 50 nafardan ortiq mehmonni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, zamonaviy xonalar, nonushta xizmati hamda qo‘shimcha servislar bilan ta’minlangan.

Mazkur loyiha yo‘lovchilar va poytaxt mehmonlari uchun yanada qulay va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga xizmat qiladi.

9-MAY — XOTIRA VA QADRLASH KUNI

9-MAY — XOTIRA VA QADRLASH KUNI

Bu kun — Vatan ozodligi yo‘lida jon fido qilgan, jang maydonlarida mislsiz jasorat ko‘rsatgan qahramon ajdodlarimiz xotirasiga chuqur ehtirom ko‘rsatish kunidir. Ularning fidoyiligi tufayli bugungi tinch va osoyishta hayotimiz barpo etilgan.

Bugun oramizda yashab kelayotgan urush va mehnat faxriylari, nuroniy otaxon va onaxonlarimizga yuksak hurmat bajo keltiramiz. Ularning hayot yo‘li, matonati va sabr-toqati har birimiz uchun ibratdir.

Qahramonlar xotirasi qalblarimizda abadiy yashaydi.
Ularning jasorati hech qachon unutilmaydi.