Joriy yil 17 iyun kuni “Temir yo‘l vokzallari” MChJda Osiyo taraqqiyot banki vakillari hamda xalqaro ekspertlar va konsultantlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda Transport vazirligi Temir yo‘l transporti boshqarmasi boshlig‘ining o'rinbosari S. Axborxonov, "O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ Bosh direktori birinchi o'rinbosari S. Xamidov, "Temir yo'l vokzallari" MChJ direktori M. Mamaraimov hamda mutasaddi xodimlar ishtirok etishdi.
Unda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz temir yo‘l vokzallarini DXSh loyihalari asosida rekonstruksiya qilish va boshqaruvga berish, loyihalarining joriy holati hamda istiqboldagi vazifalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda xorijiy ekspertlar Zoom platformasi orqali onlayn tarzda ishtirok etib, temir yo‘l vokzallarini modernizatsiya qilish, investitsiyalarni jalb etish, xizmatlar sifatini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish hamda DXSh loyihalarini samarali amalga oshirish bo‘yicha o‘z tavsiya va takliflarini bildirdilar.
Tomonlar temir yo‘l vokzallarini zamonaviy transport va servis markazlariga aylantirish hamda loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish yuzasidan hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
Ushbu material "Voqea" toifasiga tegishli bo‘lib, sohaning ustuvor yo‘nalishlarini aks ettiradi.
"Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz temir yo‘l vokzallari davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalari asosida rekonstruksiya qilininib, boshqaruvga beriladi" mavzusida kompaniya amaliy natijalarga va xizmat sifatini oshirishga e’tibor qaratadi.
Yechimlar barqaror ishlashi uchun mutaxassis bo‘limlar bilan muvofiqlashtirish olib boriladi.