railway logo
O’zbekiston Temir Yo’llari
News Background

Kompaniya yangiliklari

Temir yo‘l vokzallari faoliyatiga oid so‘nggi yangiliklar, rasmiy xabarlar, loyihalar va vokzallarda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida tezkor ma’lumotlar O‘zbekiston temir yo‘llarining muhim voqealari, rasmiy bayonotlari va o‘zgarishlari — real vaqt rejimida.

Toshkent-Janubiy temir yo‘l vokzalida tashkil etilgan press-tur doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun yangi xizmat infratuzilmasi taqdim etildi.
Voqea

Toshkent-Janubiy temir yo‘l vokzalida tashkil etilgan press-tur doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun yangi xizmat infratuzilmasi taqdim etildi.

Tadbir davomida jurnalistlar yaratilgan sharoitlar, xizmat sifati va qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.
Press-tur davomida vokzal hududida “Qo‘noq Hotels” tarmog‘ining zamonaviy mehmonxonasi ish boshlagani ta’kidlandi. Mehmonxona bir vaqtning o‘zida 50 nafardan ortiq mehmonni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, zamonaviy xonalar, nonushta xizmati hamda qo‘shimcha servislar bilan ta’minlangan.

Mazkur loyiha yo‘lovchilar va poytaxt mehmonlari uchun yanada qulay va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga xizmat qiladi.

Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz temir yo‘l vokzallari davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalari asosida rekonstruksiya qilininib, boshqaruvga beriladi
Voqea

Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz temir yo‘l vokzallari davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalari asosida rekonstruksiya qilininib, boshqaruvga beriladi

Joriy yil 17 iyun kuni “Temir yo‘l vokzallari” MChJda Osiyo taraqqiyot banki vakillari hamda xalqaro ekspertlar va konsultantlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda Transport vazirligi Temir yo‘l transporti boshqarmasi boshlig‘ining o'rinbosari S. Axborxonov, "O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ Bosh direktori birinchi o'rinbosari S. Xamidov, "Temir yo'l vokzallari" MChJ direktori M. Mamaraimov hamda mutasaddi xodimlar ishtirok etishdi.

Unda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz temir yo‘l vokzallarini DXSh loyihalari asosida rekonstruksiya qilish va boshqaruvga berish, loyihalarining joriy holati hamda istiqboldagi vazifalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda xorijiy ekspertlar Zoom platformasi orqali onlayn tarzda ishtirok etib, temir yo‘l vokzallarini modernizatsiya qilish, investitsiyalarni jalb etish, xizmatlar sifatini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish hamda DXSh loyihalarini samarali amalga oshirish bo‘yicha o‘z tavsiya va takliflarini bildirdilar.

Tomonlar temir yo‘l vokzallarini zamonaviy transport va servis markazlariga aylantirish hamda loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish yuzasidan hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.